Mehmonxonaning afzalliklaridan biri bu – Urganch shaxrining markazida joylashganligidir. Mehmonxonadan Aeroportgacha bo’lgan masofa – 3,5 km, temir yo’l vokzaligacha – 2 km va markaziy bozorgacha masofa – 500 metr. Markaziy bozordan Xorazm viloyatining barcha shahar va tumanlariga hamda Qoraqolpog’iston Respublikasiga avtobus va taksilar yordamida manzilgacha qulay yetib olish imkoniyati mavjud. Shuningdek, qadimiy va ko’hna Xiva shaxriga eltuvchi avtobus va taksilar mehmonxonadan 500 metr uzoqlikda joylashgan. Mehmonxonada  valyuta ayirboshlash bankomati mavjud. Mehmonxonaga yaqin hududda tijorat banklari: O’zsanoatqurilishbank, Milliy Bank, Ipoteka Bank, Infin Bank joylashgan.

Urganch shahri, Sheroziy ko'chasi №13

location